
ENUROZIN
Qayd etish raqami: 0121899
Preparatning savdo nomi: ENUROZIN
Dori shakli: Sirop
Tarkibi (150 ml flakonda)
№ |
Faol modallar |
|
1 |
Zubturum ekstrakti |
0,03g, |
2 |
Bo’ymodoron ekstrakti |
0,03g, |
3 |
Do’lana guli ekstrakti |
0,03g, |
4 |
Oddiy ig’ir ekstrakti |
0,03g, |
5 |
Dalachoy ekstrakti |
0,03g, |
|
Yordamchi modallar |
|
Shakar kukuni 23 g, Etil spirti 14,2 ml, Distillangan suv 150 ml gacha. |
Tarifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho’kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo’lgan ko’rinishli sirop. Ta’mi tarkibidagi o’simliklarlar jamlanmasiga hos.
Kod ATX: G04BC
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o’simliklardan tayyorlangan preparat enurez kasalligida qo’llanadi.
Farmakologik xususiyatlari: Preparatning farmokologik hususiyatlarini tarkibiga kirgan komponentlar birikmasi belgilab beradi. Еngil tinchlantiruvchi, qo’zg’alish va tormozlanishni mutonosiblashtiradi, fitopreparat antidiuretik garmon — vazopressinni ishlab chiqarilishini normallashtiradi, qovuq tonusini boshqaradi uning mushaklarini bo’shashtiradi, buzilgan vegetativ faoliyatini yahshilaydi.
Qo’llanilishi
Buyrak faoliyati buzilmagan holdagi birlamchi tungi enurez kasalligi,
Spazm va diskeneziya,
Siydik pufagini ta’sirlanish sindromi,
Keksa yoshdagilarda siydik pufaginining funksional susayishi.
Qo’llash mumkun bo’lmagan holatlar: Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qo’llanish usuli va dozalari: Ichish uchun kattalarda 10 ml dan kuniga 3 mahal 30 kun davomida ovqatlanishdan 10 — 15 daqiqa oldin. Bolalarda ichish uchun 2,5 — 5ml dan 3 mahal 30 kun davomida ovqatlanishdan 10 — 15 daqiqa oldin.
Davolash kursining davomiligini kasallik kechishiga qarab shifokor belgilaydi
Nojo’ya ta’siri: Allergik reaksiyalar ehtimoli bor.
Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri: Boshqa dori vositalari bilan qo’llanganda nojo’ya ta’sir kuzatilmagan.
Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi: Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli: Tabiy xom ashyodan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ram. (2) Dozator-qoshiq. (3)Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.
Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo’li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +25°C dan baland bo’lmagan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlik muddati 2 yil.
Yaroqlik muddati o’tganidan so’ng ishlatish mumkun emas.
Dorihonalardan berish tartibi: Recepsiz