
Prokalsin
Preparatning savdo nomi: Prokalsin
Chiqarilish shakli: Tabletka.
Tarkibi (bir tabletkaga):
Faol komponentlari |
||
1 |
Kalsiya karbonat yoki kalsiy laktat |
950,0 mg (elementar kalsiy ekv. – 380,0 mg) |
2 |
Sink laktat yoki sink sulfat |
3,0 mg |
3 |
Vitamin D3 |
200 MЕ |
Qo’shimcha ddalar: |
||
4 |
Krahmal |
45,0 mg |
5 |
Stearat kalsiya/magniya |
15,0 mg |
6 |
Shakar kukuni yoki maltodekstrin — 1500,0 mg bo’lguniga qadar |
Tavsifi: Yumaloq ikki tomoni qavariq bo’lgan oq rangli tabletkalar. Kul rang g`adir budurliklar va notekis qirralar bo’lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi:
Kalsiy — fosfor almashinuviga ta’sir qiladi.
ATX klassifikasiya: A12AC10
Farmokologik hususiyatlari:
Prokalsin kombinirlangan preparat bo’lib, tarkibiga kalsiy, rux va vitamin D3 ning faol shaklini o’z ichiga oladi. Preparat organizmda kalsiy, rux va vitamin D yetishmovchiligini to’ldiradi.
Kalsiy va vitamin D3 organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Suyaklar rezorbsiyasini (mo’rtlashishini) kamaytiradi va mustahkamligini oshiradi, tish to’qimasini mineralizasiyasini yaxshilaydi. Kalsiy nerv o’tkazuvchanligini boshqarishda, mushaklar qisqarishida, arterial qon bosimini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimi komponentlari tarkibiga kiradi. Kalsiy hujayra yadrosi, membranasi va to’qima suyuqligi tarkibiga kiradi. Antiallergik, yallig`lanishga qarshi, asidozni oldini oladi, qator ferment va garmonlarni faollashtiradi. Shuningdek kalsiy membrana o’tkazuvchanligida ishtirok etib natriyning antogonisti bo’lib hisoblanandi.
Rux 200 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi va xar hil moddalar almashinuvida (jumladan uglevodlar, oqsil, yog` va nuklein kislotalari) ishtirok etadi. Rux oshqozon osti bezi — insulin garmoni tarkibiga kiradi va qonda qand miqdorini boshqaradi. Rux odamni jinsiy o’sish va rivojlanishga ta’sir qiladi va reproduktiv sog`lig`ni yaxshilaydi. Erkaklarda rux prostata bezini o’sishini nazorat qiladi va prostata adenomasini oldini olishda ishtirok etadi, spermatozoidlarni va jinsiy garmonlarni faollashtiradi. Rux skeletni shakillanishida muhim rol o’ynaydi (vitamin D3 ni ta’sirini kuchaytiradi), immun tizimini funksional holatini yaxshilaydi, viruslarga qarshi va antitoksik ta’sir qiladi, yuqumli kasalliklar va saraton kasalligini oldini oladi. Rux soch, tirnoq va terilarning holatini yaxshilashda, hamda ta’m va hid sezishida katta ahamiyatga ega.
Vitamin D3 sog`liq uchun zarur bo’lgan yog`da eruvchi molekulalar guruhini o’z ichiga oladi. Bolalik va o’smirlik davrida vitamin (gormon) D ning adekvat darajasi hujayralarni o’stirib skelet va bo’y uzunligini shakllantirib beradi. Vitamin (gormon) D hujayralar proliferasiyasini va angiogenezini tormozlash, insulin va katelisidinlarni (mikroblarga qarshi peptidlar) ishlab chiqarilishini rag`batlantirish, renin ishlab chiqarilishini ingibirlash, yallig`lanishga qarshi, antigipertenziv va boshqa shu kabi biologik ta’sirlarni o’z ichiga oladi.
Farmakokinetikasi:
Kalsiy
qabul qilingan preparatning tahminan ⅕—⅓ qismi ingichka ichakda so’riladi. Bu jarayon vitamin D, pH, parhezning o’ziga hosligi hamda Ca2+ bog`lab oluvchi omillarga bog`liq. Ca2+ absorbsiyasi organizmda Ca2+ ionlari tarkibida kam bo’lgan parhezli ozuqalar qabul qilinganda kuchayadi. Qon plazmasida 45% hollarda oqsillar bilan bog`langan holda uchraydi. Organizmdan 20% buyraklar orqali va qolgan 80% ichaklar orqali tashqariga chiqariladi.
Rux
Ruxning sutkalik 20-30% miqdori ichaklarda so’riladi. O’simliklardan tayyorlangan ozuqalar ichaklarda ishqoriy muhitda erimaydigan helat birikmalar hosil qilishi hisobiga ruxning so’rilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Endogen rux ichaklarda reabsorbsiyaga uchraydi (ichak-jigar sirkulyasiyasi). Plazma oqsillari bilan bog`lanishi 60%, 30-40% alfa-2-makroglobulin yoki transferin bilan va 1% gistidin va sistein bilan bog`lanadi. Qon hujayralari, mushaklar, suyaklar, teri, buyraklar, jigar, oshqozon osti bezi, to’r parda va prostata bezida depolanadi. Qonda maksimal konsentrasiyasi 2 soat. Ichaklar orqali 90% va qolganlari buyrak va o’pka orqali eleminasiyalanadi.
Holekalsiferol
Vitamin D3 ingichka ichakda (ingichka ichakni distal qismida) yengil so’riladi (tahminan 80%), limfa tizimiga o’tadi, jigarga boradi va umumiy qon aylanasiga qo’shilib ketadi. Qonda alfa 2-globulin va qisman albuminlar bilan bog`lanadi. Jigar, suyaklar, skelet mushaklarida, buyraklarda, buyrak usti bezida, miokardda, yog` to’qimasida to’planadi. To’qimalarda eng yuqori konsentrasiyasi erishi 4-5 soatga teng. So’ngra bir oz pasayadi va uzoq muddat doimiy bir darajada turadi. Polyar metabolit sifatida hujayralar membranasida, mikrosomada, mitahondriyada va yadroda joylashadi. Plansentar to’siqdan o’tadi, ona suti bilan ajraladi. Jigar va buyraklarda metobolizmga uchraydi: jigarda faol bo’lmagan metabolit kalsifediol (25- digidrokolekalsiferol), buyraklarda — kalsifedioldan faol metobolit kalsitriol (1,25-digidroksiholekalsiferol) hamda faol bo’lmagan metabolit 24, 25-digidroksiholekalsiferolga aylanadi. Ichak-jigar resirkulyasiyasiga uchraydi. Vitamin D3 va uning metabolitlari o’t orqali va juda kam miqdorda buyraklar orqali organizmdan chiqariladi.
Qo’llash uchun ko’rsatma
Kalsiy, rux va vitamin D yetishmovchiligini davolash va oldini olish uchun,
Noto’g`ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadigan kalsiy, rux va vitamin D yetishmovchiligida,
Homiladorlik va emizikli davrda, hamda bolalarni intensiv o’sish davrida kalsiy, rux va vitamin D bo’lgan talabni qondirish uchun, ayollar va erkaklar reproduktiv sog`lig`ini davolashda majmuali davolash tarkibida, osteoporoz (menopauza, qarilikda, «steroid», ideopatik va boshqalar) ni oldini olish va majmuali davolash tarkibida.
Qarshi ko’rsatma
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik bo’lsa.
Giperkalsiemiya (qonda kalsiy konsentrasiyasi yuqori),
Giperkalsiuriya (peshobda kalsiy oshib ketishi),
Gipervitaminoz D,
Og`ir buyrak yetishmovchiligi,
Faol tuberkulez,
Sarkoidoz.
Nefrolitiaz.
Qo’llash usuli va dozalari:
Prokalsin og`iz orqali qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki shimish mumkin. Preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. 3 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tabletkadan 1 – 2 mahal. 12 yoshdan oshgan bolalarda va kattalarda 1 tabletkadan 2 – 3 mahal qabul qilish tavsiya qilinadi. Kurs davomiligi kamida 1 oyni tashkil qiladi. Kurs davomiligi shifokor ko’rsatmasiga binoan o’zgarishi mumkin.
Alohida bemorlar guruhi:
Jigar faoliyati buzilishi — dozani korreksiyalash talab qilinmaydi;
Buyraklar faoliyati buzilishi — ogir buyrak etishmovchiligida PROKALSIN qabul qilish mumkin emas;
qariyalarda — dozalash huddi kattalarnikidek. Kreatinin klirensini pasayishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Nojo’ya ta’siri:
Oziqlanishni va moddalar almashinuvini buzilishi:
giperkalsiemiya va giperkalsiuriya,
sut — ishqor sindromi (Bernetta sindromi). Asosan dozalar oshirib yuborilganda kuzatiladi.
Oshqozon ichak trakti tomonidan o’zgarishlar:
Ich qotishi, metiorizm, ko’ngil aynishi, qorinda og`riq, ich ketishi, dispepsiya.
Teri va teri osti yog` qavati tomonidan o’zgarishlar:
Qichishish,toshmalar, eshakemi.
Immun tizimi tomonidan o’zgarishlar:
Uchrash chastotasi noma’lum (yuqori sezuvchanlik reaksiyasi ko’rinishdagi angionevrotik shish yoki halqum shishi).
Me’yoridan ortiqcha qabul qilinsa: Hozirgi kungacha me’yoridan ortiqcha qabul qilinganlik holatlari haqida habar berilmagan.
Boshqa dori vositalar bilan o’zoro ta’siri:
Giperkalsemiyada kalsiy preparati va vitamina D yurak glikozidlari bilan birga qo’llanilganda toksik ta’siri kuchayadi. Bunday holatlarda EKG va qon plazmasida kalsiy miqdorini nazorat qilish lozim.
Kalsiy preparatlari tetrasiklinlarning oshqozon — ichakdan so’rilishini sekinlashtirishi mumkin. Shuning uchun kalsiy preparatidan 2 soat oldin yoki 4-6 soat keyin ichish tavsiya qilinadi.
Bisfosfonatlarni so’rilishiga ta’sir qilmasligi uchun Kalsiy preparatlarini kamida bir soat keyin ichish tavsiya qilinadi.
Glyukokortikosteroidlar ichaklarda kalsiy so’rilishini susaytiradi, shu sababli davolash davomida Kalsiy (Prokalsin) miqdori oshirilishi mumkin.
Tiazid guruhidagi diuretiklar bilan bir vaqtda qo’llash buyrak kanalchalarida kalsiyni reabsorbsiyasini kuchaytiradi va giperkalsemiya rivojlanishi havfini oshiradi. Shu sababli tiazid guruhidagi diuretiklar qo’llanilganda doimo qon zardobida kalsiy miqdori tekshirib boriladi.
Kalsiy levotiroksinni ichaklarda so’rilishini kamaytirish hisobiga samarasini pasaytiradi. Shu sababli bu preparatlar qabul qilinganda ular orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil qilishi kerak.
Hinolon guruhidagi antibakterial preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish hinolonlarni so’rilishini susaytiradi. Shu sababli hinolonlar kalsiy preparatidan 2 soat oldin yoki 6 soat keyin ichiladi.
Kalsiy tuzlari temir va stronsiy ranelatlarni so’rilishini susaytirishi mumkin. Bunday moddalar saqlovchi preparatlar Kalsiydan kamida 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.
Alohida holatlar:
Prokalsin preparati tomonidan bunday holatlar keltirilmagan.
Chiqarilish shakli:
Chaynaluvchi tabletkalar 1500 mg. Yuqori zichlikga ega bo’lgan mahsus qopqoqli polietilen flakonda 30 dona tabletkadan. Karton qutichada bitta flakon, va qo’llash bo’yicha yo’riqnoma joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti:
Bolalar qo’li yetmaydigan, harorati +4°C dan +25°C gacha va namligi 80% dan oshmaydigan xonada saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 2 yil. Qutichada ko’rsatilgan muddatdan so’ng qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Dorixonadan berish tartibi: Reseptsiz.