
BioJigar
Preparatning savdo nomi: BIO JIGAR
Dori shakli: Kapsula:
Tarkib (bir dona kapsulada):
Faol komponentlar |
||
№ |
Ekstrakt nomlanishi |
Miqdori |
1 |
Artishok guli (Cynara Scolymus) |
100mg. |
2 |
Rastoropsha (Silybum marianum) |
40mg. |
3 |
Kodonopsis ildizi (Codonopsis) |
20mg. |
4 |
Qizil miya ildizi (Glycyrrhizae radix) |
20mg. |
5 |
Ginkgo biloba (Ginkgo biloba) |
20mg. |
6 |
Tikonakli kovul mevasi (Capparis spinosa) |
20mg. |
7 |
Na’matak (Rosa canina) |
20mg. |
Qo`shimcha moddalar: MKS, maltodekstrin, kalsiy|magniy stearat. |
Tavsifi: Kapsula oval shaklida, ichakda eruvchi jelatinli qobiq bilan qoplangan rangki kapsula. Kapsula ichida- dorivor extraktlar aralashmasidan iborat dorivor giyoxlar o`ziga xos hidli.
Farmakoterapevtik guruhi: O’simliklardan tayyorlangan gepatoprotektor
Farmakologik xususiyatIari: Flavonoidlar (silimarin, kversetin, rutin), Polisaxaridlar (inulin, manan), Karotinoidlar, Sterinlar, Saponinlar, Lipidlar (gamma-linolen kislota), Aminokislotlar (taurin, glitsin, betain, alanin, prolin, treonin, glutamin kislotasi, fenilalanin.) Mikroelementlar, (K, Si, Cu, Sr, Ca, Na, Mg, Fe, Mn, Zn, P ). Gepatoprotektorlar – turli xil biologik faol moddalar, gepatotsitlar (Jigar xujayralari) membranasini himoya qilib ularni faoliyatini normal darajaga keltiradi yoki kuchaytiradi, bu esa jigar hujayralarini metabolizmini va faoliyatini yaxshilanishga olib keladi. BFQlar yordamida organizmni, zarar keltirmagan holda maksimal darajada tozalash mumkun. Gepatoprotektorlar- tabiiy hom ashyodan tayyorlangan BFQlarning alohida toifasiga kiradi va jigarni tiklanishida yordam bcradi. «BIO JIGAR» lipidlarni peroksidli oksidlanishdan saqlab gepatotsitlar membranasini parchalanishini oldini oladi; jigar hujayralaridagi erkin radikallarni bartaraf etadi. RNK-polimerazani faol xolatga keltirishi sababli to’qima regeniratsiyasini kuchaytiradi; fosfolipidlar va shikastlangan hujayralardagi oqsillar sintezini kuchaytiradi hamda barcha hujayra komponentlarini saqlagan holda ularni membranalarini stabil xolatga keltiradi. «BIO JIGAR» xujayralarga bir qator gepatotoksik moddalarni kirishiga yo’l qo’ymaydi, masalan — zaxarli moddalar amantodin va shunga o’xshash. Prostoglandanlami sintez qilinishida qatnashganligi sababli «BIO JIGAR» jigardagi yalig’lanish jarayonini bartaraf qilish xususiyatga ega.
Qo’llanishi:
- Virusli gepatit bilan kasallangandan so’ng reabelitasiyani tezlashtirish uchun;
- Jigarning toksik va dorili zararlanishi (alkogolizm va alkogol intoksikatsiyasi, galogen saqlovchi uglevodorodlardan, organ i к erituvchilar bilan, og’ir metal tuzlari, medikamentlar, hamda qo’ziqorindan zaxarlanishlarda va b.);
- Surunkali gepatitlardada (o’tkir osti, surunkali faol yoki surunkali persisterlovchi shakillarida);
- Yog’li gepatoz, jigarni yog’li distrofiyasida;
- Jigar sirrozida;
- Qandli diabet yoki boshqa endokrin va metobolik o`zgarishlar oqibatida jigarni zararlanishida;
- O’t ajratish yo’llari va o’t pufak kasalliklarida (xoletsistit, xolangit, diskineziya,o’ttosh kasalligi);
- Giperlipoproteinemiya,organizmda yog’ almashuvi va reparativ-almashuv jarayonlari buzilganda.
Qo’llash mumkun bo’lmagan holatla: Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qo’llash usuli va dozalari: Kapsulani oz miqdorda suv bilan, chaynamastan ichish kerak. Ovqat qabul qilingan vaqt axamiyatga ega emas (preparatni shifokor maslaxatiga ko’ra xam ovqatdan oldin, xam ovqatdan so’ng ichish mumkun). Preparatning dozasi patsientni yoshidan va kasallik qay tarzda kechishishidan kelib chiqgan xolda belgilanadi. Kattalarga ichishga 1 — 2 ta kapsuladan 3 mahal kuniga. Ovqatlanishdan keyin. Quwatlo’vchi terapiya uchun 1 – 2 ta kapsuladan kuniga 2 mahal. Bolalarga ichishgal ta kapsuladan 3 mahal kuniga. Preparatning effektiv ta’sir qilishi uchun davolash muddatti 2 oydan kam bo’lmasligi kerak.
Nojo’ya ta’sirari: Allergik reaksiyalar ehtimoli bor,gohida bo’shashtiruvchi ta’sirga ega.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanishi: Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanilishi shifokor bilan maslaxatlashgan xolda.
Chiqarilish shakli: Tabiy hom ashyodan tayyorlangan kapsulalar blister ichida. Himoyalovchi golografik karton yorliqli o’ramda. Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma. Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo’li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda+ 4°C dan + 25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlik muddati 2 yil. Yaroqlik muddati o’tganidan so’ng ishlatish mumkun emas.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz
test
test