
Moodulife Mg B6
Preparatnin gsavdo nomi: Moodulife Mg B6
Dori shakli: Sirop
Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):
Faolkomponentlari |
Miqdori |
|
1 |
Dorivor valeriana ildizi ekstrakti (Extractum radicis valeriane) |
150 mg |
2 |
Arslonquyruq ekstrakti (Extractum herbae leanurus) |
300 mg |
3 |
Do`lana mevasi ekstrakti (Extractum fructus crategus) |
300 mg |
4 |
Limono`t ekstrakti (Extractum herbae melissae) |
300 mg |
5 |
Tog`rayhon ekstrakti (Extractum herbae origanum) |
300 mg |
6 |
Timyan ekstrakti (Extract herbae thymus) |
150 mg |
7 |
Magniy sitrat/ laktat / sulfat |
6000 mg |
8 |
Vitamin B6 |
45 mg |
Ta`rifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho`kma, yorqin jigarrangdan – qizg`ish jigarranggacha bo`lgan ko`rinishli sirop. Ta`mi tarkibidagi o`simliklar jamlanmasiga hos.
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o`simliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari:
Dorivor valeriana va Arslonquyruq tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar sedativ ta`sirga ega bo`lib uyqu kelishi va sifatini yaxshilaydi. Sedativ ta`sir valeryana ildizi va Arslon quyruq ta`sirida asta sekin rivojlanadi, ammo davomiy kurs qabul qilinganda turg`un samara saqlanib qoladi. Do`lana mevasi markaziy nerv tizimini va yurak mushaklarini qisqaruvchanligini oshirgan holda qo`zg`aluvchanligini pasaytiradi, toj va bosh miya tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, bosh aylanishini kamaytiradi. Do`lana mevasi III sinf antiaritmik vositalar singari yurak ritmini me`yorlashtiradi. Tarkibida triterpen birikmalarini va flavonoidlarni bo`lishi spazmolitik ta`sir samarasini beradi, tanlab bosh miya va toj tomirlarni kengaytiradi; gipotenziv ta`sir; venoz bosimni me`yorlashtiradi, qon tomirlar devorini mustahkamlaydi. Limono`t ekstrakti yengil tinchlantiruvchi, nisbiy spazmolitik ta`sirga ega. Tog`rayhon ekstrakti balg`am ko`chiruvchi, o`t haydovchi, diuretik, sedativ ta`sir samaraga ega. Ichaklar harakatini yaxshilaydi. Ichaklarda sekresiyani kuchaytiradi va ishtahani oshiradi, mikroblarga qarshi ta`sirga ega. Timyan bu tabiiy stimulyator bo`lib, organizm tonusini oshiradi. Shunday ta`siri tufayli nevrasteniyalarda, har xil stress hollarida, bosh og`riqlarida, depressiya va uyqusizlikda tinchlantiruvchi samara beradi. Magniy organizmda uchyuzdan ortiq fermentlar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Magniy organizmda energetik va elektrolit almashinuvida, hujayralarning o’sishida boshqaruvchi sifatida, hamda oqsil malekulalarini sintezini hamma bosqichlarida ishtirok etadi. Magniy membrana transporti jarayonlarida juda muhim axamyatga ega. Magniy mushak tolalarining bo’shashishiga yordam beradi (tomir va ichki a’zolarning mushaklari). Magniy tabiiy antistress omil bo’lib markaziy nerv tizimida qo’zg’alishlarni to’rmozlaydi va tashqi ta’surotga bo’lgan sezgirlikni kamaytiradi. Vitamin B6 (piridoksin) psihoemotsional holatga samarali ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab bu modda his-hayajonga javob beruvchi, dofamin, GAMK va serotonin kabi neyromediatorlarni sintezida ishtirok etadi.Vitamin B6 depressiya va psihologik buzulishlarga olib keluvchi gomosistein moddasini kamayishiga yordam beradi.
Qo`llanilishi: (kompleks davolash tarkibida)
Sedativ va qon-tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida quyidagi hollarda tavsiya qilinadi:
– yurak – qon tomir tizimi funksional buzilishlarida (kardialgiya, sinusli tahikardiya, qon bosimini oshishi);
– uyqu buzilishlarida (uyqu gaketishni buzilishi);
– nevrasteniya va nevrotik reaksiyalarda, qo`zg`aluvchanlik, vahima, qo`rquv, toliqish, parishonxotirlik kuzatilganda;
– neyrotsirkulyator distoniya (gipertonik tipida) va klimakterik sindromida;
– asabiylashish va asabiylashish bilan bog`liq bosh og`riqlarida;
– ipohondrik sindrom;
Spazmolitik vosita sifatida:
– oshqozon ichak muskullarining spazmlarida (ichak va o`t qopi sanchig`ida, dispeptik sindrom, «yo`g`on ichak ta`sirlanish» sindromida).
Qo`llash mumkun bo`lmagan holatlar:
– preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
Qo`llash usuli va dozalari:
Yoshi |
Miqdori |
3 yoshgacha bo’lgan bolalarda shifokor tavsiyasiga ko’ra va nazorati ostida |
0,5-1,25 ml dan kuniga 3mahal (ozroq miqdorda suvda eritib) |
Bolalarda 3 yoshdan 6 yoshgacha |
1,25-2,5 ml dan kuniga 3mahal (ozroq miqdorda suvda eritib) |
Bolalarda 6 yoshdan 12 yoshgacha |
5 ml dan kuniga 3mahal |
Bolalarda 12 yoshva kattalarda |
5-10 ml dan kuniga 3 mahal |
Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan so`ng ichiladi. Kurs davomiyligi 30 kun. |
Dozalash va kurs davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. Har bir bemorga patologik jarayonini xarakteri, og`irlik darajasi, samaraligi va qabul qila olishidan kelib chiqqan holda yakka tarzda belgilanadi.
Agarda behosdan 1 marttalik dozaning iste`moli qolib ketgan bo`lsa, dozani oshirmagan holda shifokor tavsiyasiga ko`ra davom ettiriladi.
Nojo`ya ta`siri:
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, qizarish, terining shishi). Bosh og`rishi, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, ishgabo`lgan g`ayratni susayishi, uyquchanlik, oshqozon – ichak buzilishlari (jig`ildon qaynashi, ko`ngil aynishi, kekirish, qorinda og`riq), arterial gipotenziya.
Nojo`ya ta`sir kuzatilganda, shu jumladan yo`riqnomada ko`rsatilmagan holatlar kuzatilsa shifokorga murojaa tqiling!
Dozaning me`yoridan ortiq qabul qilinishi:
Preparatni me`yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan. Preparatni katta dozalarda qabul qilish bradikardiya va aritmiya keltirib chiqarishi va ichak motorikasini sustlashtirishi mumkin (qabziyat).
Boshqa preparatlar bilan o`zaro ta`siri:
Moodulife Mg B6 boshqa sedativ, uyqu chaqiruvchi va spazmolitik dori vositalari bilan qo`llanilganda ularning ta`sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko`rsatmalar: Davolanish davrida avtotransport va boshqa diqqatni va tezkor psixomotor javobni talab qiluvchi nisbatan havfli bo`lgan ishlar bilan shug`illanish tavsiya qilinmaydi.
Chiqarilishshakli: Tabiiy xomashyodan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o`ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo`llash bo`yichayo`riqnoma.
Saqlashsharoiti: Preparat bolalar qo`li yetmaydigan, quruq, yorug`likdan himoyalangan joyda +4°C dan+25°C gacha bo`lgan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so`ng ishlatish mumkun emas.
Dorixonalardanberishtartibi: Retsepsiz.