
NOOTROPAKTIV
Preparatning nomi: NOOTROP AKTIV
Dori shakli: Tabletka
Tarkibi (bir tabletka tarkibida):
Faol komponentlari |
Miqdori |
|
1 |
Ginkgo biloba ekstrakti |
10 mg |
2 |
Kashtani ekstrakti (L-lizin essenat) |
10 mg |
3 |
Oltin tomir ekstrakti |
10 mg |
4 |
Pantoten kislotasi (Vitamin B5) |
2,5 mg |
5 |
Vitamin B6 |
1 mg |
6 |
Vitamin B12 |
2 mkg |
7 |
L-karnitin |
200 mg |
Qo`shimch vositalar |
||
8 |
MKS, kraxmal, maltodekstrin, kalsiy/magniy steorat |
Ta`rifi: ikki tomoni qabarriq dumaloq yoki boshqa shakildagi va rangdaga tabletka ko`rinishida bo`lib o`ziga xos giyoxlar ta`mli.
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o`simliklar va vitaminlardan tayyorlangan nootrop vosita. BFQ
Farmakologik xususiyatlari:
Ginkgo biloba tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar xujayralarda moddalar almashinuvini m`yorlashtirib, qonni reologik hususiyatini va mikro qon tomirlarda qon aylanishini yahsilaydi. Bosh miyada qon aylanishini yahshilaydi, kislorod va glyukoza bilan ta`minlanishini oshiradi, eritrositlar agregasiyasiga qarshi ta`sir qiladi, trombositlar faollovchi omilni tormizlaydi. Dozasidan kelib chiqgan xolda mayda qon tomirlarni kengaytiradi. Tomir devoirlari o`tkzuvchanligini kamaytiradi (bosh miya va periferik nervlarda shishga qarshi ta`sir). Antitrombik ta`sirga ega (trombosit va eritrositlar membranasini mustaxkamlaydi). Erkin radikal va xujayra membranasida yog`larrni perekisli oksidlanishiga qarshilik qiladi. Neyromediatorlar (noradrenalin, dopamine, asetilxolin) hosil bo`lishi, qayta yutilishi va katobolizmini me`yoriga keltiradi, hamda reseptorlar bilan bog`lanishini yxshilaydi. Qonni fibrinolitik faolligini oshishiga qarshilik ko`rsatadi. Organ va to`qimalarda antigipoksik ta`sir qilib moddalar almashinuvini yaxshilaydi va xujayralarda makroerglarni ko`paytiradi, kislorod va glukoza utelizasiyasini oshiradi, MNT da mediatr jarayonlarini me`yorlashtiradi.
Ot kashtani angioprotektiv, yallig`lanishga qarshi va og`riq qoldiruvchi samaraga ega. Farmokologik ta`siri lizosomal fermentlarni kamayishi oqibatida kapilya devorlarida mukopolisaxaridlar parchalanishini kamayishi va tomirlar o`tkazuvchanligini kamayishi, past molekulyar oqsillar, suv va elektrolitlarni tomir devorlari orqali sizib o`tishi kamayishi bilan bog`liq. Undan tashqari antioksidant, antigipoksik va diuretic samaralar ham kuzatilgan.
Oltin tomir MNT faoliyatini me`yorlashtiradi, rag`batlantiruvchi ta`sir qilib, kongnetv faoliyatini oshiradi, stresslarga qarshi va umumiy qarshilikni oshiradi. O`tkazilgan kasalliklardan so`ng tiklanish davrini tezlashtiradi.
Pantoten kislotasi har bir xujayra tarkibidagi koenzim A (CoA) tarkibiga kiruvch B guruh vitaminlarga kiradi. Koenzin A yoglar, uglevodlar va oqsillardan energiya ishlab chiqarish uchun zarur. Bundan tashqari ko`plab biosintezda ishtirok etib, yog`lar, xolesterin, nerv impuls mediatorlari, qizil qon tanachalari va buyrak usti bezi garmonlar sintezida ishtirok etadi.
Vitamin B6 MNT ning me`yorida ishlashi uchun kerak. Mushaklarda tungi spazmlardan, boldir mushaklarni spazmi, qollarni uvishishi kabi belgilardan holi bo`lishda yordam beradi. Vitamin В6 psixoemosional xolatga xam kuchli ta`sir ko`rsatadi. Kayfiyatga ta`ir qiluvchi dofamin, GAMK va serotonin sintezida ishtirok etadi. Tushkunlik va ruxiy buzilishlar chaqiruvchi modda – gomosisteinni miqdorini kamaytiradi.
Vitamin B12 yuqori biologic faollikga ega. Transmetillash jarayonlarida ishtirok etadi, vodorod tashish, metionin, nuklein kislota, xolin, kreatinin xosil bo`lisida ishtirok etadi. Jigar va nerv tizimiga ijobiy ta`sir qiladi. Myelin qobiq, gemopoez sintezida ishtirok etib, zararlangan periferik nervlardagi og`riqlarni kamaytiradi, folat kislotasi orqali nuklein kislota sintezini faollashtiradi.
L – karnitin metobolik jarayonlarni korreksiyalaydi; mrtobolik, anobolik, antigipoksik, va antitirioid ta`sir qiladi, yog` almashinuvini faollashtiradi, regenerasiyani oshiradi, ishtaxani osiradi. Neyrotrofik ta`sir qilib, apoptozni to`xtatadi, zararlangan soxani chegaralaydi va nerv to`qimasini taklaydi.
Qo`llanilishi: (kompleks davolash tarkibida)
Qon reologik xolatini yaxshilash, shishga qarshi va qon-tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida quyidagi hollarda tavsiya qilinadi:
– Ishemik insult (tiklanish davri), tranzitor boshda qon aylanishini buzilishi, disserkulator ensefalopatiya;
– bosh og`rig`I, diqqatni susayishi, xotira susayishi, intelektual qobilbyatni pasayishi, qo`rquv hissi, uyqu buzilishi bilan kechuvchi bosh miyani travmatik,toksik yoki moddalar almashinuvi buzilishi sababli zararlanishi;
– periferik va mikrosirkulyasiya buzilishi (oyoqlardagi arteriyapatiyalar), Reyno sindromi;
– neyrosensor o`zgarishlar (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, gipoakuziya);
– qarilik bilan bog`liq sariq tanani degeniresiysi, diabetic angio- va retinopatiya;
– yurak – qon tomir tizimi funksional buzilishlarida (kardialgiya, sinusli tahikardiya, qon bosimini oshishi);
– nevrasteniya va nevrotik reaksiyalarda, qo`zg`aluvchanlik, vahima, qo`rquv, toliqish, parishonxotirlik kuzatilganda;
– asabiylashish va asabiylashish bilan bog`liq bosh og`riqlarida;
– ipohondrik sindrom;
Qo`llash mumkun bo`lmagan holatlar:
– preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
Qo`llash usuli va dozalari:
Yoshi |
Miqdori |
Bolalarda 6 yoshdan 12 yoshgacha |
1tabletkadan kuniga 2mahal |
Bolalarda 12 yosh va kattalarda |
1 tabletkadan kuniga 3 mahal |
Ovqat iste’mol qilishdan so`ng ichiladi. Kurs davomiyligi 30 kun. |
Dozalash va kurs davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. Har bir bemorga patologik jarayonini xarakteri, og`irlik darajasi, samaraligi va qabul qila olishidan kelib chiqqan holda yakka tarzda belgilanadi.
Nojo`ya ta`siri:
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, qizarish, terining shishi).
Nojo`ya ta`sir kuzatilganda, shu jumladan yo`riqnomada ko`rsatilmagan holatlar kuzatilsa shifokorga murojaa tqiling!
Chiqarilishshakli: Blisterda 10 donadan va karton qutida 30 donadan. (1) Qo`llash bo`yichayo`riqnoma. (2)
Saqlashsharoiti: Preparat bolalar qo`li yetmaydigan, quruq, yorug`likdan himoyalangan joyda +4°C dan+25°C gacha bo`lgan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so`ng ishlatish mumkun emas.
Dorixonalardanberishtartibi: Retsepsiz.